Kiyinish borasida turli qarashlar mavjud, ammo ularning hammasi har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Boshdan-oyoq qora kiyinish ozg‘in ko‘rsatadi

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ixchamroq ko‘rsatishi rost, lekin buning uchun bichimi maromida bo‘lishi kerak. Masalan, Alla Pugachyova kiyadigan uslubdagi libos, qomatni tushunarsiz ko‘rsatadi. Shuningdek, sochi va teri rangi qora bo‘lganlarning qora kostyum-shim yoki yubka kiyishi ham didli ko‘rinmaydi. Yorqin va rang-barang aksessuar, detallar qo‘shilganida esa obraz boshqacharoq ko‘rinadi.

Och shim yoki yubka to‘la ko‘rsatadi

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

To‘g‘ri tanlansa, aslo to‘la ko‘rsatmaydi. Bichimi keng va chetida chiziqlari bo‘lgan shim qomatni chiroyli ko‘rsatadi. Och shim bilan to‘q hamda uzunroq jaket ham didli turadi. Bo‘ksani yopib turgani hisobiga qomatdagi muammolar ko‘zga tashlanmaydi.

Yorqin urg‘u berish hamisha ish beradi

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Har doim ham unday bo‘lavermaydi. Bu ko‘rinish bilan bog‘liq. Klassik qiyofaga ega kishilarga yorqin urg‘u berilgan kiyim-kechak yarashmasligi mumkin. Shu sababdan teri va soch rangi, qomatga muvofiq ravishdagi rangli liboslarni tanlash kerak.

Kelishgan qaddi-qomatga hamma trend yarashaveradi

Foto: Cosmopolitan

Qomati modellarnikidek bo‘lganlarga ham hamma libos yarashavermaydi. Bir libos har xil qiz va ayollarga turlicha yarashishi mumkin. Malikaga yarashgan libos Dilbarga yarashmasligi mumkin va bu tabiiy hol.

От qwert.uz