Uslubni butunlay o‘zgartira oladigan midi yubkalarning 6 afzalligi (foto)

Agar garderobingizda tizzadan tushib turuvchi birorta uzun yubkangiz bo‘lmasa, ushbu kamchilikni zudlik bilan to‘ldirishga harakat qiling. Quyidagi maslahatlardan so‘ng, albatta, undan foydalanish istagi tug‘ilishiga ishonamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Nafislikni sog‘inganlar uchun midi yubka eng kerakli kiyim hisoblanadi. Kalta yoki tor yubkalar ortiqcha vaznni yoki haddan ortiq ozg‘inlikni yaqqol namoyon qiladi. Shuningdek, ular uchrashuv va yig‘ilishlarda ham noqulaylik tug‘diradi. Juda uzunlari ham biroz muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tizzadan pastga tushib turuvchi yubkalar ham bo‘yni, ham qomatni me’yorda ko‘rinishiga olib keladi.

Foto: Cosmopolitan

Juda nozik ishlov berilgan kofta va yubka ham kostyum bilan ajoyib uyg‘unlik kasb etadi. Ayniqsa, kostyum bo‘ksaga qadar tushib tursa. Odatda bu kabi urfga kirgan keng va kattaroq o‘lchamdagi kostyumlar ko‘proq midi yubkalar bilan kombinatsiya qilinadi. Zamonaviy qiyofa yaratish uchun yubkaga mos keluvchi juda nafis va yupqa koftadan foydalanish tavsiya etiladi. Sababi midi yubka harir matodagi kiyimlar bilan mos tushadi.

Foto: Cosmopolitan

Midi yubkalarning afzalligi shundaki, u yengil yoki klassik uslubdagi koftalar bilan ham uyg‘unlasha oladi. Agar yubka matosi naqsh va gullardan iborat bo‘lsa, uning rangiga mos kelgan oddiy kofta yoki futbolka ham uslubni yanada zamonaviylashtiradi. Shuningdek, bu turdagi yubkalar uchun oyoq kiyimlar tanlash ham qiyin emas. Rasmiy uchrashuvlarga baland poshna, do‘stlar bilan yig‘ilishga shunchaki krossovka ham kiyish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Tizzadan pastga tushib turuvchi yubkalar har qanday xonimlarning qomatini go‘zallashtirib ko‘rsatadi. Hattoki sovuq mavsumda ham atlas matosidan tikilgan yubkalar palto yoki kardiganlar ichida juda chiroyli ko‘rinadi. Agar o‘ta rasmiy va obro‘li ko‘rinishni istaydiganlar bo‘lsa, u holda ushbu uzunlikdagi yubkaning qalin va zich matoligini kiyish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Bel aylanasidan tizzaga qadar tushgan yubkalar kalta kostyumlar bilan o‘zgacha ko‘rinishni hosil qiladi. Shuningdek, ortiqcha vazn yoki past bo‘yni ham uzunroq ko‘rsatadi. Qomatni alohida ta’kidlovchi ushbu yubka agar tor bo‘lsa, har qanday xonim o‘zini ozg‘in va baland bo‘yli deb tasavvur qilishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Hattoki homilador ayollar ham midi yubkalardan unumli foydalanishi mumkin. Yumshoq va cho‘ziluvchan matodan tikilgan bunday yubkalar bo‘lajak onaga noqulayliklar keltirib chiqarmaydi va uzunligi bilan oyoqlarni yashirishga yordam beradi. Agar midi yubkalarga mos ravishda kofta, sviter tanlansa, homiladorlar ham o‘zini ixcham va nozik ko‘rinishda ekanligiga ishontirishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan