Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

25-dekabr kuni turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit 36 yoshni qarshiladi. Aktyorning rafiqasi Fahriye Evjen uni Instagram orqali tabrikladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Tubanlik” filmi orqali muxlislarga yaxshi tanish aktrisa Ziyoda Xudoyqulova ilk marta ona bo‘ldi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola sayohatga otlanmoqda. Ko‘ylak, shlyapa va chamadon surati orqali u muxlislaridan qayerga ketayotganini so‘radi.

Zarina Nizomiddinova kichik o‘g‘li Saidumar bilan tushgan videosini sahifasiga joylashtirdi.

Rossiyalik reper Morgenshtern o‘zbekistonlik Azim Abdullayevga “Merin” avtomobilini topshirgani haqida kichik film suratga oldirdi.

Turkiyaning tabassumi bilan tanilgan oshpazi Burak O‘zdemir Dubayda restoranini ochdi. Tamaddixonaning ochilish marosimiga Dubay shahzodasi ham tashrif buyurdi.

Luiza Rasulova “Qasos” serialida bosh rollardan birini ijro etmoqda.

Shahzoda Muhammedova Yangi yil bayrami arafasida ushbu mavzudagi yangi fotosessiyasini folloverlariga taqdim etdi.

Yosh aktrisa Durdona Qurbonova onasining tug‘ilgan kuniga syurpriz tayyorlab, folloverlarining olqishiga sazovor bo‘ldi.

От qwert.uz