“Manchester Yunayted”da Edvin van der Sar, Ispaniya terma jamoasida Iker Kasilyasning o‘rnini nafaqat egallagan, balki ularning yo‘qligini bilintirmagan David de Xea, shubhasiz, so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi darvozabonlari qatorida tilga olinadi. Bu vaqt oralig‘ida esa u ko‘pgina futbol ishqibozlarining ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Aynan uning muxlislari uchun quyida darvozabonning hashamatli hayoti haqida hikoya qilamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uyi

Foto: Google Photos

David de Xea “Manchester Yunayted” sharafini 2011-yildan beri himoya qilib kelayotganiga qaramay, bor-yo‘g‘i 2018-yildagina ushbu shahardan shaxsiy uy xarid qilgan. Ushbu uyning narxi 2,5 million yevroga teng. Uydan 6 ta yotoqxona, kino va mashg‘ulot zallari hamda kichik bog‘ o‘rin olgan.

Foto: Google Photos

Mashinalari

Istalgan odam faqat havas qilishi mumkin bo‘lgan garajga ega bo‘lsa-da, de Xea o‘z avtomobillarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi. Uning avtoparkidan Aston Martin Vantage (135 ming yevro), Mercedes-Benz Vito (60 ming dollar), Mercedes-Benz GLE (120 ming dollar), Audi RS5 Coupe (86 ming yevro) kabi ancha nomdor temir aravalar o‘rin olgan.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Foto: Mirror

Shuningdek, 2015-yilda “Manchester Yunayted” o‘z futbolchilaridan homiy Chevrolet kompaniyasining avtomobillarini haydashni so‘ragan. David esa o‘ziga Captiva rusumli mashinani tanlaydi.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Shaxsiy hayoti

David hayot yo‘llarini o‘zidan 5 yoshga katta bo‘lgan Edurne Garsiya ismli qiz bilan bog‘lagan. Edurne model, aktrisa va qo‘shiqchi sifatida faoliyat olib boradi.

Foto: Mirror

Do‘stlari

Davidning ham “Yunayted” ham Ispaniya terma jamoasida bir qancha do‘stlari bor. Biroq ularning ichida de Xea uchun eng yaqini, bu Xuan Matadir. Ularni ham maydonda, ham uning tashqarisida tez-tez birga ko‘rish mumkin.

Foto: Twitter

Shuningdek, posbon 2011—2015-yillarda “qizil iblislar” safida to‘p surgan Chicharito bilan ham iliq munosabatlarga ega. Davidning aytishicha, ular hamon do‘stlik aloqalarini saqlab qolgan.

Foto: Getty Images

Futboldan tashqari qiziqishlar

De Xea futboldan bo‘sh vaqtlarini asosan basketbol o‘ynash, musiqa tinglash va reklama roliklarida suratga tushish bilan o‘tkazadi. Bundan tashqari, u tez-tez personal va jamoa muxlislari bilan uchrashishni xush ko‘radi.

Daromadi

De Xeaning “Manchester Yunayted”dagi bir yillik maoshi 23 million yevroni tashkil qiladi. Qayd etish joiz, bu Tumanli Albion klublaridagi eng yuqori maoshlardan biridir.

Foto: Twitter

Bundan tashqari, golkiper yuqorida ta’kidlanganidek, reklamalarda suratga tushish va kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashni kanda qilmaydi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra ispaniyalik posbonning 2020-yildagi sof daromadi 27 million dollarni tashkil qilgan.

От qwert.uz