2020-yilda pandemiya munosabati bilan to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayoniga turli cheklovlar o‘rnatildi. Shunga qaramay poyoniga yetgan yilda ko‘plab taniqli san’atkorlar, shou-biznes vakillari oilali bo‘ldi.

14-iyun kuni so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ulug‘bek va Robiyaxonning nikoh oqshomida ko‘plab san’atkorlar, xususan, “Mirzo” teatri aktyorlari, Shohjahon Jo‘rayev, “VIA Marokand” guruhi xizmatda bo‘lgan.

Foto: YouTube

14-iyun kuni Rashid Holiqovning o‘g‘li Sanjar ham uylandi.

Foto: YouTube

9-sentabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Ahmad Temurov uylandi. To‘yga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari tashrif buyurdi.

Foto: YouTube

Xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Uning to‘yi Tashkent City parkida bo‘lib o‘tdi. Vohidjon va Dilnozaxonni tabriklash uchun to‘yga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi, tantana gala-konsertga aylanib ketdi.

Foto: Instagram / @vohidjon_isoqov

18-sentabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. “Novda” filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissor Habibulla Nabiyevga turmushga chiqdi.

Foto: Instagram / @gulinur_abdullaeva

Akfa Media prodyuserlik kompaniyasi tomonidan kashf qilingan xonanda Sirojiddin Hojiyev 22-sentabr kuni uylandi. Ushbu to‘y ham boshqa shou-biznes vakillariniki singari gala-konsertga aylanib ketdi. Nikoh oqshomida taniqli boshlovchilar, “Eldido” guruhi, Samandar Hamroqulov, Shohruxxon, Asilbek Ne’matulloh, Shuhrat Yo‘ldoshev va boshqa xonandalar xizmatda bo‘ldi.

Foto: Instagram / @shahlozoirova_official

25-sentabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Isroil Bulanov uylandi, xonanda Lobar Umarova turmushga chiqdi.

Bir necha serial va kinofilmlardagi obrazlari bilan tanilgan yosh aktrisa Aziza Yoqubova 29-sentabr kuni turmushga chiqdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida o‘tgan to‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi.

Foto: Instagram / @zarka_g‘aniyeva

Oktabr oyida Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” qo‘shig‘i klipida Jaloliddin Manguberdi obrazini gavdalantirgan aktyor Mirkamol Qoraboyev yosh aktrisa Yulduz Payziyevaga uylandi.

Foto: Instagram / @mirkamol_karabayev

26-oktabr kuni xonanda SanJay o‘zidan 15 yosh kichik aktrisaga uylandi. 26 yoshli Alina (Alisha) bir nechta kliplarda suratga tushgan. U Instagramda 41 yoshli SanJay bilan umumiy tanishlari orqali tanishgani haqida so‘zlab berdi. Xonanda Alishaga atab qo‘shiq ham kuylagan.

Foto: Instagram / @sanjaymusic

21-noyabr kuni “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. To‘y Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida Davron Kabulov, Alisher Botirov, Feruza Normatova, Mo‘min Ibrohimov hamda “Million”ning boshqa a’zolari, xonandalar SanJay, Hamdam Sobirov, Fazel Farrux ishtirok etdi.

Noyabr oyida xonanda Sevara oila qurdi.

Foto: Instagram / @sevara_singer

26-noyabr kuni raqqosa va aktrisa Shodiyora Omonova turmushga chiqdi.

14-dekabr kuni rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ganya va Shuhratning to‘yi Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Instagram / @ganyausman

To‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova, xonandalar DJ Piligrim, Rashid Xoliqov va yana bir nechta estrada guruhlari xizmatda bo‘ldi. Tantanani taniqli rossiyalik boshlovchi Aleksandr Beliy va teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva olib bordi.

От qwert.uz