Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Bu Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishganidan beri (salkam besh yilda) ikkinchi marta mehnat ta’tiliga chiqishidir. Bundan avval Prezident 2019-yil avgustida qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan edi.

O‘shanda bu Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi 17 yillik faoliyatidagi birinchi mehnat ta’tili ekani ta’kidlangan edi.

От qwert.uz