Havo harorati sovishi bilan qiz va ayollar yubka va ko‘ylakdan voz kechib, shim va sviter kiyishni ma’qul biladi. Bunday kiyinish uslubi qishda ham qulay ham issiqligiga shubha yo‘q, lekin bu havo isib ketgunicha ko‘ylak kiymaslik kerakligini bildirmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Harper’s Bazaar

Qalin liboslarni tanlash orqali siz nafaqat mavsumga mos, balki ayollik jozibasini aks ettiradigan obrazda kiyinishga muvaffaq bo‘lasiz. Oldi yopiq bichimli, uzun yengli va qattiq — trikotaj yoki jun matosidan tikilgan liboslar ayni muddao. Qalin kolgotka va uzun etikning obrazga qo‘shilishi sovuq qotmasligingiz garovi. Jil Sander tomonidan taqdim qilingandek, 90-yillarga xos maksi uzunligidagi ultrazamonaviy yoki Zara va H&M brendlari singari variantlardan bu borada ilhomlanish mumkin. Minimal uslubda kiyinishni yoqtiradiganlar DSquared2’dagidek vodolazkali ko‘ylak, sport uslubi ixlosmandlari uchun esa Gucci brendi taqdim qilganidek ko‘k libos, mavsumga xos trendda bo‘lish uchun esa H&M va MSGM kolleksiyalaridagidek yirik rangli katak-katak modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

От qwert.uz