Zararli emas: Tonal krem haqidagi 3 xato fikr

Tonal kremdan foydalanish yuzning erta qarishiga sabab bo‘lishi, poralar to‘lib qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida turli qarashlar ko‘p, ammo makiyajda muhim rol o‘ynaydigan ushbu krem siz o‘ylaganingizdan ko‘ra foydali bo‘lishi mumkin, buning uchun esa undan to‘g‘ri foydalanishni bilish kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Tonal krem poralarni to‘lishiga sababchi bo‘ladi

50 yil avvalgi tonal kremlar shunday poralarni to‘ldirgan bo‘lishi mumkin, ammo zamonaviy kosmetik vositalar yuzda kislorod o‘tkazadigan plyonka hosil qiladi. Yuzni kun davomida zararli moddalardan himoya qiladi. Makiyajdan avval yuzga maxsus baza surtish kerak. Bu bo‘yoqlarni yuzga to‘g‘ri surtilishi hamda tonal kremning himoya qilish xususiyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Tonal krem terini quritib yuboradi

Tonal kremdan foydalanish orqali teri qurishining oldini olish mumkin. Bunga krem tarkibida o‘simlik, masalan, avokado yog‘i borligi sabab bo‘ladi. Ushbu komponentlar terini yomon havoda dag‘allashishidan himoyalaydi, shuningdek, terini atrofdagi zararli omillardan himoya qiluvchi gidrolipidli plyonkani tiklaydi.

Yuzda ajin ko‘payishiga sababchi bo‘ladi

Tonal krem va ajin paydo bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi ham yana bir to‘qima hisoblanadi. Zamonaviy kremlar terini juda yaxshi namlantiradi. Qolaversa, kosmetik kompaniyalar tomonidan lifting ta’sirli kremlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu hali hammasi emas, ayrim tonal kremlar tarkibida ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi hamda teri erta qarishining oldini oluvchi moddalar bo‘ladi.

Ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi!

Bir narsani yoddan chiqarmang: ta’kidlangan foydali xususiyatlar kremdan to‘g‘ri foydalangandagina natija beradi. Tonal krem surtishdan avval terini tozalash, namlantirish hamda uning o‘zi teri rangiga muvofiq tarzda tanlangan bo‘lishi kerak. Vizajistlar ikki xil rangli — yoz uchun ochroq, qish uchun och rangli kremdan foydalanishni, shuningdek, uyqudan avval terini muntazam ravishda namlantirib turishni tavsiya qiladi.