Bred Pitt, Selena Gomes, Nikol Kidman hamda boshqa yulduzlarning qo‘rqinchli va xavfli ta’qibchilari (foto)

Taniqli insonlar hayotiga havas qiladiganlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni ta’qib qilib, ochiqchasiga xatarga qo‘yishni istaydiganlar ham topiladi. Shuningdek, ular qo‘rqitishni maktub yoki turli xil bildirishnomalar orqali namoyon qilishi vaziyatga yanada vahimali tus beradi. Afsuski, bularning ayrimlari o‘lim bilan ham yakun topgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Mark Chepmen − Jon Lennonning qotili

The Beatles guruhi asoschisi Jon Lennon vafot etgan kun dunyo motam tutgan. Qotil Mark Chepmen musiqachini o‘ldirishda hech qanday ishora bermagan, ammo oylar davomida reja tuzgan.

1980-yil oktabr oyida Lennon Manxettendagi uyidan ovoz yozish studiyasiga borayotganida Chepmen undan dastxat so‘ragan. Kechasi Lennon va rafiqasi Yoko Ono uyga qaytgan. Chepmen esa hali ham ularni kutib turgan edi. U Lennonning ortidan 5 ta o‘q uzgan, ularda 4 tasi musiqachining o‘pkasini teshib o‘tgan.

Qotil har yili muddatidan ilgari ozod qilinishini so‘rab, ariza yozadi. Ammo Yoko Ono 2000-yilda Nyu-York shtati afv etish komissiyasiga agar erining qotili ozod etilsa, o‘zini xavfsiz his qilmasligini ma’lum qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Donett Nayt − Ketrin Zeta-Jons ta’qibchisi

Donett “Ketrinni mayda bo‘laklarga bo‘lib, tanasini itlarga yem qilish”ni xohlar edi. Shu bilan birga, Donett aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Duglas yashaydigan uy manzilini ham juda yaxshi bilgan.

Ishsiz Donett Maykl Duglasni filmlari orqali sevib qolgan. Omma orasida Ketrin turmush o‘rtog‘ini go‘yoki “aldagan”i haqida mish-mishlar tarqalganida, ayol sevgilisi uchun ham qasos olishga qaror qilgan.

2003—2004-yillar davomida Donett aktrisaga tahdidli maktublar yozgan. Shundan so‘ng Donett uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U qamoqdan chiqqach, yulduzli juftlikdan uzr so‘ragan: “Agar meni kechirsangiz, kollejdagi o‘qishimni davom ettiraman”. Shundan so‘ng Bolaning ruhiy salomatligi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oldi.

Foto: Cosmopolitan

Tomas Brodniki − Selena Gomes ta’qibchisi

Brodniki xonanda va aktrisa Selena Gomesning o‘ldirilishi haqida bashorat qilgan. Lekin Tomasga qo‘yilgan ayblov asossiz ekani sababli unga faqat aktrisaga yaqinlashish taqiqlangan xolos. Tomas Twitter’da Selenaning qonga belangan surati bilan sahifa ochib, u yerda o‘zini qasoskor deb e’lon qilgan. Shuningdek, har bir joylashtirgan tvitlari aktrisani o‘ldirishga qaratilgan edi.

Foto: Cosmopolitan

Shon Boumen − Kim Kardashyanning ta’qibchisi

2009-yilda 27 yoshli Shon realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan bilan juda yaqindan tanishish uchun Kaliforniyaga yo‘l olgan. Boumen Twitter orqali yulduz bilan bog‘lanishga harakat qildi. Birozdan so‘ng yulduzning amerikalik sevgilisi futbolchi Reji Bushga tahdid mazmunidagi maktublar yoza boshlagan. Uning barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz kechgach, niqob ostida tadbirlarga ishtirok eta boshlagan. Ammo Kardashyan taqiq qo‘ydirishga erishdi. Shon yulduzdan 500 metr uzoqda bo‘lishi hamda ijtimoiy tarmoqlardan ham yozmasligi kerak.

Foto: Cosmopolitan

Afina Rolando − Bred Pitt ta’qibchisi

Bir kuni Afina aktyorning uyiga kirib, uning shlyapa, futbolka, shim va poyabzalini kiyib olgan. Politsiya uni hibsga olganida, u shunchaki havoning sovuqligini aytgan. Shu bilan birga, Afina o‘zi bilan jodugarlik haqida kitob, Bredga bo‘lgan muhabbat bitigi va tasma bilan bezatilgan antennasimon uzun temir olib yuradi.

Foto: Cosmopolitan

Metyu Xuker − Nikol Kidmanning ta’qibchisi

Metyuning ikkita maqsadi bo‘lgan: AQSh prezidenti bo‘lish va Nikol Kidman bilan ishiqiy munosabat o‘rnatish. Bir necha oy davomida Xuker aktrisaga muhabbat nomalarini yuborgan, uni uchrashuvga taklif qilgan. Hattoki Nikolning uyiga bolalar o‘qituvchisi sifatida ishga kirishga harakat qilgan. U yana katta guldasta bilan Nikolga yaqinlashib, u bilan uchrashishini so‘raganida aktrisaning sabr-toqati tugagan edi. Uni oilasiga yaqinlashishdan taqiqlagan.

Biroz vatq o‘tgach, Metyu Xuker o‘zini prezidentlikka nomzod sifatida obro‘sini to‘kkani uchun Nikolni sudga bergan va 200 million dollar tovon puli talab qilgan. U buni o‘zining ishqiy munosabatlarini yashirish uchun qilgan edi.

Foto: Pinterest

Timoti Svit − Teylor Svift ta’qibchisi

Timoti Twitter’da 4 ta sahifa yaratib, 6 oy davomida 700 dan ortiq tahdidli xabarlarni Teylorga yuborgan. 2014-yilda Teylor ta’qibchiga nisbatan taqiq qo‘yishga erishdi. Shunga qaramay, Timoti Sviftning turmush o‘rtog‘i ekanini, ular birgalikda Beverli-Xillzda birga yashashlarini va ularning munosabatlariga xalaqit berganlarni otib tashlashni talab qilmoqda.

Foto: Pinterest

Jeyson Peyton − Jennifer Enistonning ta’qibchisi

Sanset-Bulvarda Jeysonga tegishli sovuq qurol, yopishqoq tasma va Jenniferga atalgan muhabbat maktublari topilgach, u Los-Anjelesda hibsga olingan. Shuningdek, u “Men Jennifer Enistonni sevaman” deb yozilgan mashinada mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigit aktrisaning uyidan, o‘zida va uning barcha yaqinlaridan 100 metr uzoqlikda bo‘lishi kerak. Jeyson onasini kaltaklagani uchun avval ham sudlangan edi. Uni davolashga qancha urinishmasin, u dori vositalarini qabul qilmaydi. Hozirda Jeyson hibsda ruhshunos nazorati ostida.

Foto: Pinterest