Yangi 2021-yilda yanvar oyining ilk haftasida dunyoning turli burchaklarida olingan qiziqarli suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

AQShning Kapitoliy binosi ofitseri ichkariga kirmoqchi bo‘layotgan namoyishchiga qarata ballonchadan kukun sepmoqda.

Foto: Reuters

Tramp tarafdorlari Kapitoliy devorlariga tirmashib chiqmoqda.

Foto: Reuters

Tailandning Bangkok shahridagi Chao Prayya daryosi uzra mushakbozlik.

Foto: Reuters

Xitoyda demokratiya faoli Lester Shum Gonkong xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun chiqqanidan so‘ng 50 nafar faol qatorida qo‘lga olindi.

Foto: Reuters

Myanmaning Yangone shahrida Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan yeguliklar yeyish musobaqasida ishtirok etayotgan bolakay.

Foto: Reuters

Manilaning Mesa shahrida onlayn darslarda qatnashish uchun internet yaxshi ishlaydigan uyining tomi ustida o‘tirgan bola.

Foto: Reuters

Tramp tarafdorlari Kapitoliy devoriga tirmashib chiqmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Vashington shahridagi Kapitoliy binosida oldida Tramp tarafdorlari yig‘ilgan vaqtda politsiya tomonidan sodir etilgan portlash.

Foto: Reuters

O‘ta ochlikdan aziyat chekayotgan yamanlik 7 yoshli bola. 7 kilogramm bo‘lib qolgan bolakayga bugungi kunda shifokorlar, donorlar yordam bermoqda. Bolada paralich kasalligi ham bor.

Foto: Reuters

O‘zbekistonda bitta avtoraqam salkam 600 million so‘mga sotildi.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Xitoyning Pekin shahrida qavat-qavat kiyinib olgan skuterchi.

Foto: AFP

Yuz yoshli Ellen Prosser ismli ayol Buyuk Britaniyaning London shahrida koronavirusga qarshi emlanmoqda.

Foto: Reuters

Internetda tarqalgan “sochsimon muz” surati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foto: Twitter / KennyAllen18

Yaponiyaning Tokio shahridagi Katta Tokio tumanida mamlakat bosh vaziri Yesixide Suga koronavirus tufayli favqulodda vaziyatni e’lon qilayotgan vaziyat.

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahrida Ishchilar partiyasining 8-syezdi qatnashchilari.

Foto: Reuters

Qaytadan lokdaun joriy etilgach, huvullab qolgan London.

Foto: Reuters

O‘zbekistonda qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda, daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkandi.

Foto: Facebook / Umida Khujakulova

Eronning Kirmon shahrida AQSh hujumi natijasida halok bo‘lgan harbiy yo‘lboshchi Qosim Sulaymoniy o‘limining bir yilligini yod etayotgan shahar ahli.

Foto: Reuters

Bali orolining g‘arbidagi Kuta kurorti 1-yanvardan keyingi shtorm natijasida deyarli to‘liq plastik bilan qoplandi. Ushbu va boshqa qo‘shni plyajlarni tozalash uchun hukumat politsiya hamda harbiylarni jalb qilishga majbur bo‘ldi. Umumiy miqdorda olib chiqilgan 30 tonna chiqindining 2/3 qismi plastikdan iborat. Qish oylarida Indoneziyaning eng aholisi ko‘p oroli Yavadan esgan shamol natijasida Balining g‘arbiy qirg‘oqlari muntazam ravishda chiqindixonaga aylanadi.

Foto: Meduza

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi “Otchopar” mahallasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lib, uy devorlari qulab tushgan.

Foto: “Daryo”

От qwert.uz