Tabiiy ofatlardan saqlanish maqsadida, inson tabiatni boshqara olmasa xam, lekin u oʼzini va atrofidagilarni boshqarishi mumkin…

Xech narsa bermasdan turib olishga uringan inson, koʼp xollarda, tabiatda — oʼgʼri yoki brakonьerga, jamiyatda esa poraxoʼrga aylanadi

Zararli odatlarga yaqinlashish — keksalikni tezroq yaqinlashishiga olib keladi.

Tomosha soʼnggida qattiq qarsak chalgan tomoshabin — tomoshadan qattiq taʼsirlanmagan boʼlishi mumkin.

Аgar nisbiylik boʼlmasa, chiroyli va xunuk degan tushuncha xam boʼlmasdi.

Xayotda xar narsaning meʼyori boʼlgani yaxshi, xattoki — meʼyorning xam…

Baʼzida insonlar yolgʼon soʼzlash bobida shunchalik ustasi farang boʼlib ketadilarki, xatto oʼz yolgʼonlariga oʼzlari xam ishona boshlaydilar.

Chinakam fojiaga uchragan inson — boshiga tushgan falokatni bartaraf qilish uchun kurashayotgan inson emas, balki, ana shunday vaziyatda nima qilishini bilmay, sarosimaga tushib turgan insondir.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz