Uchar taksi, Navoiyda qulagan ko‘tarma kran, noyob tarzda tug‘ilgan sher bolasi. 26-yanvar suratlari

Отqwert.uz

27 января, 2021

26-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Isroillik askarlar pichoq bilan hujumga tashlanmoqchi bo‘lganida otib tashlangan falastinlik erkakning tanasi oldida turibdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Singapurdagi yovvoyi tabiat ilmiy-tadqiqot markazida yordamchi reproduksiya orqali dunyoga keltirilgan erkak shervachcha oziqlantirilmoqda.

Foto: AFP

Indoneziyaning Jakarta shahrida 2018-yilda Osiyo o‘yinlari uchun qurilgan sportchilar qishlog‘ida koronavirus bemorlariga birinchi tez yordam ko‘rsatishga hozirlanayotgan tibbiyot xodimlari.

Foto: Reuters

Germaniyaning Frankfurt shahridagi Taunus tumanida kuchli qor bo‘ronidan so‘ng qulab tushgan daraxt ko‘lmak bo‘yida yotibdi.

Foto: AP Photo

Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi. 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Serbiyaning Priboy hududida gidroelektrostansiyaning quyi qismida tiqilib qolgan tonnalab chiqindilarni tozalayotgan kran.

Foto: AP Photo

AQShning Nyu-York shahrida chang‘i ko‘zoynaklarida Tayms-skverda egasining yelkasida sayr qilib yurgan it.

Foto: Shutterstock

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Respublika kuni nishonlanayotgan bir paytda namoyishchi fermerlar to‘siq sifatida qo‘yilgan yuk mashinalariga traktorda hujum qilmoqda.

Foto: AP Photo

Abu-Dabining Al-Ayn hududida shahar tashqarisidagi qumda yurgan arab ohusi.

Foto: AFP

Avstraliyaning Sidney shahrida Avstraliya kunida Sidney opera teatri tashqi tomonida namoyish etilayotgan oddiy xodimlar.

Foto: AFP

Niderlandiyaning Rotterdam shahrida dam olish kunlaridagi komendantlik soatiga qarshi namoyishlarni tartibga solishga intilayotgan politsiya xodimlari.

Foto: AFP

Fransiyaning Parij shahrida Total kompaniyasi xodimlari La-Defans hududidagi bosh qarorgohlarida namoyish o‘tkazmoqda. Neft-gaz kompaniyasi Grandpuits neftni qayta ishlash zavodini yopib, xodimlarni bioyonilg‘i ishlab chiqarishga jalb etishni ko‘zlagan edi.

Foto: EPA

Indoneziyaning Jakarta shahrida koronavirus qurbonlari uchun qabriston.

Foto: Reuters

Tatyana kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin videoaloqa tarzida talabalar bilan muloqot qilmoqda.

Foto: Reuters

Ukrainada lokdaun tugagan kuniyoq odamlar shopping maqsadida do‘konlarga shoshildi.

Foto: Reuters

Moskvada jurnalistlar uchuvchisiz taksi sinovlariga guvoh bo‘ldi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Madrid shahrida yashovchi ayol koronavirusga qarshi vaksina olganidan so‘ng kasalxonada dam olib o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Myunxen shahridagi kasalxonalardan birida ishlovchi robot-farrosh.

Foto: Reuters

Italiyaning Rim shahrida karantin cheklovlariga qarshi namoyish.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Kempbel bog‘idagi qorli sirpanchiqda uchayotgan erkak.

Foto: Reuters