Jajji Farxod otasiga qarabdi,
Soʼng xursinib, undan asta soʼrabdi:
-«Xar kun menga kechki payt ertak aytib,
Uxlatasiz, axir bu — qanday tartib?
Erta tongda ertak aytsa boʼlmasmi?,
Yo boshqa vaqt, ertak esga kelmasmi?».
Ota kulib, oʼgʼliga dedi shunday:
-«Erta tongda ertak aytaman qanday!?,
Oʼgʼlim, tongda ertak aytish bexuda,
Аxir tongda, sen boʼlasan — uyquda!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF