Muxlislar o‘z kumirlarining hayoti bilan bog‘liq voqea-hodisalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni yaxshi ko‘radi. Shunday mashhurlar borki, ular tomonidan e’lon qilinadigan postlar hech qancha o‘tmay millionlab layk va izohlarga sabab bo‘ladi.

Jennifer Eniston

Foto: Cosmopolitan

Xonanda 2019-yilda Instagram’da akkaunt ochgan. Shundan keyin uni kuzatuvchilar soni soniyasiga oshib borgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Jennifer auditoriyasi sonining juda katta tezlikda oshgani sabab Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U 5 soat-u 16 daqiqa ichida million kuzatuvchiga ega bo‘lgan.

Chedvik Bouzmen

Foto: Cosmopolitan

“Qora Pantera” filmida rol ijro qilgan aktyor vafot etishidan avval, 2020-yilning 29-avgustida Twitter sahifasida 4 yil davomida yo‘g‘on ichak saratoni bilan kurashgani, ammo kasallikka yengilgani haqida post yozib qoldirgan. Ushbu tvitga 7 million layk bosilgan, 3 million foydalanuvchi tomonidan esa repost qilingan.

Kris Evans

Foto: Cosmopolitan

2020-yilda ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning obro‘sini tushiradigan fotolar tarqalgan. Ammo bu Krisni uyaltirmagan, u Twitter’da muxlislarini 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida unga ovoz berishga chaqirgan. Postga 1,2 million layk bosilgan, 200 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan repost qilingan.

Skarlett Yoxansson

Foto: Cosmopolitan

Boshqa irq vakillarining rolini ijro qilgani sabab Yoxanssonga doimiy ravishda e’tiroz bildiriladi. Bunday fikrlarga aktrisaning yozib qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan. “Men odam, hayvon va daraxt rolini o‘ynashim mumkin, chunki bu mening kasbim”, — degan Skarlett.

Shahzoda Garri va Megan Markl

Foto: Cosmopolitan

Qirollik oilasi vakillarining hayotidagi istalgan voqea: to‘y, tug‘ilgan kun, farzandlarining dunyoga kelishi internetda bir zumda virus singari tarqalib ketadi hamda bu haqida millionlab muxlislar xabar topadi.

Jennifer Lourens

Foto: Cosmopolitan

U bilan bog‘liq istalgan hodisa, omadsiz bo‘lishidan qat’iy nazar, bir zumda tarqalib ketadi. “Oskar” taqdirlash marosimida yiqilishi, qizil yo‘lakda qoqilib ketishi kun voqeasiga aylanadi.

Beyonse

Foto: Cosmopolitan

Musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli xonandalardan biri bo‘lgan Beyonsening albom taqdimoti, homiladorligi va u bilan bog‘liq brendi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ladi.

От qwert.uz