Koʼz, quloq, til — uchchovlon,
Bir tanada joylashib,
Inkor qilar bir-birin,
Qolishadi tortishib!
Koʼz oqiga ignada,
Yozilsa bir xikoyat,
Qadri boʼlur oʼzgacha,
Ibrat boʼlardi shoyad!
Quyosh nurini sochar,
Tabiat bagʼrin ochar.
Mana imkon, bemalol
Oʼz rizqingni terib ol!
Koʼz ochib, yumganingda,
Yoshlik oʼtib ketadi.
Faqat qalbing tanangda,
Buni inkor etadi!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF