
Qoʼngʼiz desa, bolasini «oppogʼim»,
Tipratikon deyar ekan «yumshogʼim».
Oʼsha «oppoq», «yumshoq» yetib voyaga,
Keyin oʼksib, urmang boshni qoyaga!


Qudachilik «Ming yilchilik», bilamiz,
Rasm-rusumlarga amal qilamiz!
Orzu-xavaslarga baʼzan berilib,
Koʼpchilikka qiyin qilmang, kerilib!
Boʼlajak «qaynona!, boʼlajak «kuyov»,
Televizor tanlashar, bozorda qarang!
Ilgari kuyovlar, qaynona bilan,
koʼrishar edilar toʼydan soʼng «arang»!

Qaysidir shoira shunday degandi:
Erkakning puliga qozon qaynasin!
Аyol ishlamasin deganimas bu,
Sogʼlom boʼlsa erkak, bekor qolmasin!

Choyxonada «qotirma»ni yeyishar,
«Ulfatchilik shunday boʼlar» deyishar,
Doʼstlar koʼnglin olmoqqa zoʼr ishtiyoq,
Uylarida qozon qaynar, goʼshti yoʼq!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF