-«Bu yoʼl bizni olib borar — qaerga?»
-«Yoʼl bormaydi, bor oʼzing — oʼsha yerga!
Xozirgacha turgandi yoʼl — joyida,
Xafa boʼlma, shunaqadir — qoida!»

-«Xoy qaldirgʼoch, qaldirgʼoch.
Tok uradi, simdan qoch!».
-«Shamollabsan, qoch oʼzing,
Naxot koʼrmasa koʼzing?
«Ximoya»si bor simni.
Tok urmaydi — xech kimni!»…

-«Dengiz suvi — nega shoʼr,
Chuchuk boʼlsa, boʼlar zoʼr!».
-«Bu, tabiiy — nishona.
Shoʼr boʼlmasin — peshona!
Qoʼyaturgin, boshqasin,
Mana shundan — asrasin!»…

Qarang, olov — qandayin zavqli,
Bir tomondan — u juda xavfli!…
Аql bilan yondoshsang unga,
Xizmat qilar, albatta senga.
Extiyotsiz boʼlganing sari,
«Muammo»ga aylanar bari!…

-«Xazillashma, men axir — sherman!»…
-«Qurolim bor, brakonьerman!».
-«Xa, oʼlmasam, koʼrarman — ishon,
Qoʼllaringa solishar kishan!»

-«Doʼstlashaylik, men solmayman xavf!»
-«Bu doʼstlikdan — menga nima naf?.
Doʼstlik tugar — bir yil muddatda,
Bir yil yashaysizlar — odatda!».
-«Kapalaklar — yashaydi qisqa,
Lekin bordir — uning xam rizqi!»…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz