Tirikchilik — solar xar kuyga,
Ovdan qaytdim axir, men uyga.
-«Sichqon izlab, tunlari izgʼib,
Endi bir oz — olayin mizgʼib!

Xayron boʼlmang sira, emasman xaykal,
Qornim och, shu sabab — qilib tavakkal,
Turibman sovuqda, men kutib donni,
Jonni kuydirmagan — topmas jononni.

Uchrashuvga chiqqandim bugun,
Kayfiyatim boʼldiku “tugun”.
Gul olishni unutib qarang,
Xijolatda turibman arang.
Kim qoʼyibdi – men qushga gulni,
Koʼrsatinglar — menga bir yoʼlni.
Chiqasaga — aslo yoʼq toqat,
Boʼlmoqdaman — shunga betoqat!…

Nima berisharkin, kechqurun bizga?
Silos bilan kepak, nima bor oʼzga?
Bir xil ovqat yeyish tegdi jonimga!,
Ferma mudirini – chaqir yonimga!
Paymonang toʼlibdi yo urgan oftob,
Oʼzingni oʼnglagin – kelmasdan qassob!

Xoy Basanti, sal kamroq gapir,
Senga ot xam qilolmas sabr,
Xatto Veru – sergapligingdan,
Kun koʼrolmay seni dastingdan,
“Oryol-Reshka” qilib baxona,
“Joʼnavordi” sendan pinxona!…

Kim u bizning tinchimiz buzgan,
Jim boʼl, axir u ovchi-mergan!
Mayli, qilma shunga xam yigʼi,
Xazillashdim axir bor-yoʼgʼi!

Oʼtkir tumshuq choʼl burguti bu,
Viqor bilan qaraydi asta.
Faqat bitta kamchilik bor — u,
Xayvonot bogʼida – qafasda!…

Koʼrinsamda men bir oz yuvosh,
Yoʼlbars, qoplon uzoq qarindosh.
Xa, vaqtincha sichqon tutaman,
Kechki paytda – mexmon kutaman.
Chiqarsangiz jaxlimni agar,
“Mexmonlar”im yirtqich va “dagar”!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz