-Xoʼsh, aytingchi, sezilmaydimi ogʼriq?
-Bu ignaning diametriga bogʼliq!

-Siz, aytingchi, igna diametri…voy-y!
Tugagandir muolaja xoyna-xoy…?

-Sabr qiling, chidang, seving xayotni,
Men endi boshladim, amaliyotni!…

-Tajribangiz bormi, unda ishqilib?
-Tajriba nima qilsin, kecha kelib!…

-Eshitgan boʼlsangiz — yangilik, dada,
Vulqon uygʼonibdi- Italiyada!…

-Ukangni uygʼotgin — sen toʼxtab gapdan,
«Yangilik» kelmasin — menga maktabdan! …

-Ushlab turamizmi — tugagunicha?
-Xa. xa, uddalaymiz — buni menimcha!

-Xar-xolda, baribir, extiyot boʼlsa…
-Xoʼsh nima deydilar, qoʼl kuyib qolsa?

-«Xa unda: Bu kunlar — oʼtarda ketar,
Faqat qoʼllaringni — kuygani qolar!»

-Qanday maza — qorda uxlamoq!,
-Shamollasak, ogʼrisa tomoq?…

-Qorda uxlash — kirgan urfga!
Taʼsir qilmas sovuq — Elfga!

Shuning uchun, uzatib oyoq,
Qor ichiga kiraylik tezroq!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz