«Derazadan maʼyus boqaman…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
Derazadan maʼyus boqaman,
Xayol daryosida «oqaman».
Muammo yoʼq, xayotim ravon,
Lekin, bitta tashvish bor xamon,
Garchi, men uy ichra — erkaman,
Xovlidagi itdan qoʼrqaman.
U oʼlmadi — men qutulmadim,
Kim oldin — kim keyin, bilmadim?…
-Nima xoxlaysan, qushcha?
Qurib beraymi — uycha?
-Uychaga yoʼq, extiyoj,,
Lekin xozir noiloj,
Bir oz oziq bersang bas,
Mening qoʼrqqanim — qafas!…
-Jonivor, qoʼrqma mendan,
Ranjiganim yoʼq sendan.
Yoʼlimni qoʼy boʼshatib,
Yoʼqsa seni oʼxshatib…!
-Yaxshilikka — yomonlik,
Yaxshiga yoʼq — omonlik.
Qoʼriqlasam — mulkingni,
Yengillatib yukingni,
Shumi, javobing menga,
Esiz, mexnatim senga!…
Qoʼyoshda toblanish — yoqimli qarang,
Nurida tovlanar — atrof rang-barang.
Quyosh nurlarida — choʼmilib asta,
Isinib olamiz, bizlar bir pastda.
Yaxshiyam quyosh bor, biz kabi qushga,
Chunki qoʼlimiz yoʼq, gulxan yoqishga!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF