-Nega, axir onajon,
Ekinni qilib payxon,

Bormoqdamiz daladan,
Qurib qoldik — nimadan?

-Bolam, sen koʼp soʼylama,
Xech notoʼgʼri oʼylama.

Chunki kelgancha qoʼldan,
Boryapmiz qisqa yoʼldan,

-Egasi koʼrsa ammo,
Boʼlsa kerak — muammo?

-Buyogʼin, oʼylama xech,
Bazmga — qolmaylik kech!….

-Baqraymasang namuncha,
Turqing xam sovuq buncha.

Oynada koʼrsang oʼzing,
Burishib ketar yuzing.

-Qanday niyat — koʼnglingda,
Uzun tayoq — qoʼlingda,

Shunday boʼlgach, men axir,
Koʼrsatamanda — qaxr!…

-Sekinroq uch, xoy ukam,
Tushib qolmasin oʼpkam!

-Mayli, uchaver sekin,
Ovchilar — pastda lekin.

Аgar nogox adashib,
Daydi oʼq qilsa nasib,

Shunda oʼpkangga qoʼshib,
Oʼzing qolasan — tushib!…

Baroridan kelibdi oving,
Extiyot boʼl, seni koʼp yoving.

Tortib olsa, oʼljangni nogox,
Shunga seni — qilyapman ogox.

Jon kuydirib, gapirdim shuncha,
Nega javob bermaysan buncha?

Xa, tushundim, «Krilov» masali,
Xotirangdan chiqmagan xali!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz