Tuxum insultdan qanday himoya qilishi mumkin?

Keng miqyosda o‘tkazilgan tadqiqot mualliflarining fikricha, insultning oldini olishning eng oson usuli — kuniga atigi bitta tovuq tuxumi iste’mol qilishdir.

Foto: “Domashniy ochag”

Insult har yili millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi kasallikdir. Shifokorlar kasallik xavfini kamaytirish uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishni tashlash, sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerakligini doimo ta’kidlaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Heart nashrida chop etilgan maqolaga ko‘ra, tadqiqotchilar 9 yil davomida yarim millionga yaqin odamning sog‘lig‘ini tahlil qilib, har kuni kamida bitta tuxum yeganlarda yurak xastaligi xavfi 11 foizga va insult xavfi 26 foizga kamayganini aniqlagan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunday ta’sir tuxumning yurakni himoya qiluvchi sog‘lom LPVP xolesterin miqdorini oshirish qobiliyatiga egaligi va tanadagi “yomon” xolesterinni chiqarib yuborishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tuxum oqsilga boy bo‘lib, u qondagi shakar miqdorini tushirishga va vazn saqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida insult xavfini kamaytiradi.