2-mart kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tailandning Andaman dengizi hududida cho‘kayotgan qayiqdan qutqarib olingan mushukni yelkasida ko‘tarib olgan dengiz ofitseri qirg‘oq tomon suzmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Reuters

Finlyandiyaning Laplandiya hududidagi shimol yog‘dusi.

Foto: Reuters

Xitoyning Xuanshan hududida raqs ijro etayotgan raqqoslar.

Foto: Rex

Toshkentda o‘q bilan yaralangan it topildi. 

Foto: “Mehr va oqibat”

Turkiyaning Antaliya shahrida Parkinson kasalligiga chalingan 75 yoshli ayol klubda murabbiy bilan birga boks bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: Reuters

Argentinaning Vilya-La-Angostura hududidagi politsiya mahkamasida ayollar sobiq yigiti tomonidan o‘ldirilgan qiz uchun adolat talab qilib namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: Rex

Arxeologlar Ispaniyaning Mora-de-Ebro hududida Ispaniyadagi fuqarolar urushi vaqtida Ebro hududidagi jangda halok bo‘lgan respublika askarlarining skeletlarini qazib oldi.

Foto: Getty Images

Falastinning G‘azo sektorida maktab avtobusida uyiga qaytayotgan o‘quvchilar.

Foto: AFP

Turkiyaning Erjish hududida yo‘l-transport hodisasiga uchragan yuk mashinasi ichidan topilgan xorij fuqarolari.

Foto: Anadolu

Sidneydagi hayvonot bog‘i Butunjahon yovvoyi tabiat kunida o‘rdakburunlarni qirilib ketish xavfidan asrab qolish dasturini taqdim etdi.

Foto: Reuters

Kaliforniyada yo‘ltanlamas avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashishi natijasida 13 kishi vafot etdi.

Foto: Reuters

Futbolchi Zlatan Ibragimovich San-Remodagi festivalda Italiyaning Nomadi musiqiy guruhining “Io Vagabondo” nomli qo‘shig‘ini kuyladi.

Foto: Reuters

Turkiyadagi restoran va qahvaxonalar pandemiya tufayli joriy qilingan 3 oylik tanaffusdan so‘ng qayta ish boshladi.

Foto: Reuters

Shveysariyada za’faron gullari ochildi.

Foto: Reuters

Venetsiyadagi yuzlab qayiqlar ishsiz qoldi. Bunga sabab — kuchli suv qaytishi natijasida suv sathi pasayishi.

Foto: Reuters

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele koronavirus vaksinasi bilan emlanishning ilk bosqichidan o‘tdi.

Foto: Reuters

Germaniyaning Oberstdorf shahrida chang‘ili sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.

Foto: Reuters

От qwert.uz