Gollivudcha nonushta: Omletli kruassan retsepti
Boshqa “nachinka”dan foydalanish, kruassan o‘rniga qizdirilgan nonni ishlatsa ham bo‘ladi. Yanada mazali bo‘lishi uchun pishloq va ismaloq bilan bezash tavsiya qilinadi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
- kruassan — 2 dona;
- tuxum — 4 dona;
- ko‘katlar;
- tuz va murch;
- sariyog‘— 10 gr;
- sut — 0,5 stakan.
Tayyorlanish jarayoni:
- chaqilgan tuxumga, tuz, murch va ko‘katlar hamda sut solib aralashtiring;
- sariyog‘ solingan tovaga aralashmani solib qovurib oling;
- kruassanni o‘rtasidan bo‘ling;
- ustiga omlet qo‘yib, ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!