«Oʼzidan soʼra…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
-«Boshidagi — qanday toj, joʼra?»
-«Qaydan bilay, oʼzidan soʼra!»
Boʼlganidan — koinot xadsiz,
Sirlari xam, oʼziday — cheksiz!…
-«Tashlamoqchimisan — suvga oʼzingni?
Bu ishing, yaxshimas — ochgin koʼzingni!
-«Suvga tashlaydigan, sumkada kelmas,..
…Dengiz-la men suxbat — qurmasam boʼlmas!…»
-«Sen aytding, kamalak — naqadar «sirli»,
Lekin men, koʼrmadim — xolat arzirli?»
-Koʼrishni istasang — «sir»ni yuz foiz,
Uni «qalb koʼzi»da, koʼrmoqlik — joiz!…»
-«Darding toshga — aytma berilib,
Tosh chidolmay — ketar yorilib!
Tosh shunchalik, zaifdir ishon,
Inson dardin — koʼtarar inson!
-«Nimadir yodimdan — chiqqani tayin,
Xa, shunday, tashvishlar — koʼpaygan sayin!…»
-«Bu nima?» — «Bu, daraxt — boʼron agʼdarib,
Unut boʼlib ketgan — chirib, oʼzgarib!»
-«Mazmunsiz yashasang — dunyoga kelib,
Shu qismat senga xam — boqadi «kulib»!»
-«Xushyor boʼl qoʼlingni, extiyot qilib,
Lat yeydi eshikda, nogox qisilib!».
-«Lat yesa, bitadi oʼtib oy-yillar,
Qoʼlimni qismasin — beʼvafo qoʼllar!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF