ER-XOTIN SUXBАTI:

«-Istasang, shu falakdan,
Oyni olib, berayin!»
-«Raxmat sizga, yurakdan,
Puldan bering, xoʼjayin!»

OCh QOLGАN OT:

-«Nima qidiryapsan, qorning ostidan?»
-«Ishiga sovuqqon — choʼpon dastidan!».

QUShLАR:

-«Biz xushyor boʼlaylik, oʼq ovozidan!».
-«Yoʼq, xushyor boʼlaylik, oʼqning oʼzidan!…»

SURАTKАSH (FOTOGRАF):

-«Qor koʼchkisi axir, yurakni gʼashlab…»,
-«Xavotirlarimni — kelganman tashlab!»

YASHIN:

-«Nima boʼlgan, shoxlaring siyrak?»,
-«Yashin tushganidan — bu darak!».

-«Аchinyapman, men senga, ammo!»,
-«Yoʼq, xolatim — emas muammo!,

Menga emas, yashinga «qiyin»,
«Tushib», soʼngra, qaytmadi — keyin!».

BOYChEChАKLАR:

-«Sizlarni nimangiz qadrli, qiziq?,
Na xid bor — xidlasang va na bir oziq!».

-«Baxorni sogʼinib, entiksa yurak,
Biz, baxor faslidan — beramiz darak!»

KUZ VА KEKSАLIK;

-«Ne sabab kuz, oʼxshar keksa insonga?»,
-«Keksayganda, topasan — javob bunga!»

TUMАNDА:

-«Qalin tuman, qiyin sizni koʼrishlik!»,
-«Xavflidir, biz uchun — «koʼrmay» qolishlik!…»

OV PАYTI:

-«Xuddi shaylanganday, ayovsiz jangga,
Tikilib turibsan, yana oʼljangga!».

-«Аchinib ketyapman, xoliga uni…»,
-«Аgar bas qilmasang, unimas — seni…!»

QUSh VА DАRАXT MEVАLАRI:

-«Koʼrdingmi — tekin,
Olaver — sekin!

O‘zni qo‘y — erkin,
«Dasturxon» — to‘kin.

Xavf bo‘lsa, lekin,
Ovchidan — berkin!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz