Ko‘pchilik ushbu yulduzlar hamisha yosh ko‘rinishni xohlaydi, deb o‘ylashi mumkin. Aslida, vaziyatlar turlicha. Kimdir hayajondan yoshini unutgan bo‘lsa, yana bir boshqa yulduz filmda rol ijro etish uchun ham o‘zining yoshini katta qilib aytgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Jennifer Lopes

Foto: Cosmopolitan

Yulduz karyerasining ilk damlarida aslida tug‘ilgan yilidan bir yil o‘tib dunyoga kelganini ma’lum qilgan. Ammo tasodifan uning o‘sha vaqtdagi sevgilisi Shon Kombs hibsga olinganida u 1970-yilda emas, 1969-yilda tug‘ilganini tan olishiga to‘g‘ri kelgan.

Lourens Fishbern

Foto: Cosmopolitan

Aktyor Frensis Ford Koppolaga yolg‘on gapirgan. U 1979-yil “Apokalipsis hozirda” filmida rol ijro etish uchun 14 yoshida o‘zini 16 yosh deb tanishtirgan.

Mila Kunis

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa ham kinodagi ilk ishida yolg‘on gapirishiga to‘g‘ri kelgan. “Bu 70-yillar” shousi tanlovlarida 14 yoshli aktrisa yaqinda 18 ga to‘lishini ma’lum qilgan, chunki prodyuserlar aktrisalarning yoshi katta bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

Eminem

Foto: Cosmopolitan

Eminem 1999-yilda Govard Shtern shousida o‘zining yoshini 24 da deb aytgan, aslida esa 27 yashar bo‘lgan. Muxlislar reperning so‘zlariga hayron qolgan. Keyinchalik ular yulduz aslida yoshini unutib qo‘ygan, deya taxmin qilgan.

Rebel Uilson

Foto: Cosmopolitan

2015-yil aktrisaning hayotida noaniqliklar paydo bo‘lgan. Uning sinfdoshi Rebelning yoshi 29 emasligi, u allaqachon 30 dan oshganini ma’lum qilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisani yolg‘onchi deganlarni u sudga ham bergan.

Sandra Bullok 

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa yoshi haqida hech qachon to‘g‘risini aytmagan. Ba’zida oshirib yuborsa, ba’zida buning aksini aytadi. Jurnalistlar ham aktrisaning yoshi borasida aniq ma’lumotga ega emas.

Anasteysha

Foto: Cosmopolitan

Xonanda yosh borasida hammani hayratda qoldirdi. U albom taqdimotida o‘zini 22 yoshda ekanligini aytgan, aslida esa u 30 yoshda edi.

От qwert.uz