Finlyandiyalik olimlar havodan yegulik tayyorlash imkonini beradigan texnologiyani yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: CNN
Solein — yangi mahsulot aynan shuday nomlangan bo‘lib, ixtirochilarning fikricha, undan go‘sht va sut mahsulotlari o‘rnida foydalanish mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u uglerod dioksidi, mikroblar, suv, vitaminlar, shuningdek, mitti bioreaktordan tarkib topgan xuddi sariq un ko‘rinishiga ega.
Olimlarning aytishicha, undan ovqat tayyorlashda foydalanish mumkin. Solein texnologiyasining asosiy o‘ziga xosligi — uni ortiqcha xarajat va harakatlarsiz laboratoriya sharoitida yaratish mumkinligida.
Finlyandiya hukumati ixtirochilarga mazkur startapni rivojlantirish uchun besh million dollar ajratgan. Taxminlarga ko‘ra, mahsulot ikki yildan so‘ng bozorlarda paydo bo‘ladi.