Kayfiyatingiz yeyayotgan taomingizga bog‘liq ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ovqatlanishdagi qanday xatolar ertalabki kayfiyat buzilishiga olib kelishi haqida gaplashamiz.

Nonushta o‘rniga qahva ichish

Foto: Getty Images

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ertalabki uyqudan turgach, ko‘pchilikda ochlik hissi bo‘lmaydi. Umuman olganda, bu normal holat. Ehtimol, kechki ovqatga to‘q tutadigan taom yegandirsiz yoki ko‘p uxlaganingizdan nonushta qilishga vaqtingiz bo‘lmagandir. Ertalabdan nonushtaga faqat qahva ichsangiz, tanangiz energiya bilan ta’minlanmaydi. Qahva organizmni uyg‘otadi, ammo ta’siri uzoqqa bormaydi.

Kunlik kaloriyani hisobga olmagan holda ratsion tuzish

Foto: Getty Images

Bunda qanday taom tanaga foydali, qaysi biri zararli ekanligini bilsangizgina yaxshi natija beradi. Masalan, kuniga 1500 kkal uchun 3 mahal yuqori sifatli, foydali taom iste’mol qilishingiz lozim. Masalan, nonushta uchun qovoqli bo‘tqa, tushlikka — tovuq, ismaloq va pishloqli makaron, kechki ovqat uchun — yong‘oq sousida pishirilgan mol go‘shti va sabzavotlar. Bularning o‘rniga chips va burger yeb, ketidan kola ichib, oshqozonni to‘ydirishingiz ham mumkin. Farqi aniq: birinchi holatda organizm foydali moddalar bilan to‘yinadi, ikkinchi holatda esa yog‘ va kimyoviy bo‘yoqlarga.

Organizmni to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari bilan qiynash

Foto: Getty Images

Taom foydali bo‘lishdan tashqari, mazali ham bo‘lishi kerak! Agar Google’dan to‘g‘ri ovqatlanish  retseptlarini qidirsangiz, ovqat sifatida qaynatilgan grechka va tovuq to‘shi, gazak o‘rniga esa kefir bilan olma taklif etiladi. Albatta, ushbu mahsulotlarning foydali ekaniga shubha yo‘q. Ammo bemaza ovqat yeyishga qachongacha chiday olasiz? Mazali taom orqali organizm baxt gormonlarini ishlab chiqaradi, bu esa kayfiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ertalab sizni yana bemaza nonushta kutayotganini bilsangiz, o‘zingizni qanday his qilishingiz mumkin.

Uxlashdan oldin ovqat yeyish

Foto: Getty Images

Mutaxassislar uxlashdan 3-4 soat oldin ovqat yemaslikni maslahat berishadi. Buning sababi shundaki, kechasi organizm to‘la oshqozon bilan dam ololmaydi. Agar tunda ovqatlansangiz, ovqat hazm qilish tizimi butun tun davomida ishlaydi. Bu sizga sezilmasligi mumkin. Ammo ertalab charchoqni his qilasiz, chunki tana dam olmagan bo‘ladi.

Yetarli miqdorda suv ichmaslik

Foto: Getty Images

Suv ichishda ham bir necha qoidalar mavjud. Birinchidan, miqdor. Kishi kuniga o‘rtacha bir yarim litr suv ichishi kerak. Agar aniq miqdorni bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi formulaga e’tibor bering: ayollar uchun har bir kilo vazn uchun 31 millilitr, erkaklar uchun 35 mililitr.

Ikkinchidan, vaqt. Suvni kun davomida teng miqdorda iching. Agar shishishga moyil bo‘lsangiz, u holda kechqurun ertalab va tushga nisbatan kamroq suv iching. Birinchi stakanni uyg‘ongandan keyin darhol ichish lozim — suv yordamida tana uyg‘onadi, organizmdagi barcha jarayonlar o‘z ishini boshlaydi.

Uchinchidan, faqat suv ishish lozim. Choy, qahva, sharbat va boshqa ichimliklar kunlik suv o‘rnini bosolmaydi.

От qwert.uz