“Auto.ru” saytida 1980-yilda ishlab chiqarilgan “ZIL-4104” limuzini sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Sotuvchi mazkur avtomobil uchun 8,9 million rubl (121 ming AQSh dollari) so‘ramoqda, bu pulga yangi BMW 7-Series Long xarid qilish mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. E’lon saytda yarim yildan buyon turganiga qaramay, unga hali biror xaridor chiqmagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: “Auto.ru”
Mazkur limuzin 315 ot kuchiga ega 7,7 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. E’lon muallifining ta’kidlashicha, avtomobil hozirga qadar 48,2 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, hech qanaqa xarajat talab qilmaydi va u “sovg‘a uchun ajoyib variant”. Limuzin bilan birga u qo‘shimcha yangi motor, yangi transmissiya va orqa ko‘prikni sovg‘a qilishga tayyor.

Foto: “Auto.ru”
Yetti o‘rindiqli “ZIL-4104” 1978-yildan 1983-yilga qadar Lixachyov nomidagi zavodda yig‘ilgan. “Auto.ru” saytida xuddi shu kabi, biroq 1983-yilda ishlab chiqarilgan limuzinning sotuvga qo‘yilganini ham ko‘rish mumkin, u 29 ming kilometr yo‘l bosgan. Mazkur mashina 17 million rublga baholanmoqda — mashina 2019-yildan beri o‘ziga yangi xo‘jayin qidiryapti.
Avvalroq Gorbachyov davridagi “ZIL” limuzini yangi Maybach narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”
