QАRIGАNDА:

-«Xa, shu, aytishlariga qaraganda…!»
-Ezma boʼlib qolibsan, qariganda.!

IRKIT OʼRDАKChА:

-«Irkit oʼrdakcha deb yuzimga solmang,
Soʼng payti kelganda, uyalib kolmang!».

XАRАKАT:

-«Oʼpkangni qoʼltiqlab, shoshmasang buncha,
Senga yetolmadim, intildim shuncha!».

-«Balandroq osilgin, osilsang faqat,
Mendan oʼzish uchun, qilgil — xarakat!…».

XULOSАGА ShOShILMА:

-«Xoy, sen boʼri, yirtqich, kushanda,
Barcha uchun — zararkunanda!…».

-«Xulosaga, shoshilma deyman,
Xayvonlarning — kasalin yeyman.

Men «sanitar» vazifasida,
Kerakliman, bilsang aslida!…»

«BАRАKOT» UChUN XАRАKАT:

Qoʼyni el ichida, derlar «barakot»,
Lekin «barakot»ga kerak xarakat!

Yem, xashak. suvini — bermasang botroq,
Unda «barakot»mas, «bankrotsan» oʼrtoq!

ShАROIT YOʼQ BOʼLGАNDА;

Qaldirgʼochga dedik: -«Qish kelsa nega,
Sen uchib ketasan, issiq oʼlkaga?».

-«Yurtingiz qish payti — ancha sovuqdir,
Shunga, qolay desam — sharoit yoʼqdir!…».

-«Xa, endi tushundik, ayollar nega,
Baʼzan ketib qolar, ota uyiga!…»

«АYBDOR» TELEVIZOR:

Bir qoʼshnim, xech kimga gap bermay kecha,
Yomonladi — televizorni picha.

-«…Pichoqda kimlardir — masalliq kesar,
Kim shu pichoq bilan — boʼlar «yoʼltoʼsar»!

Bu uning jinoyat yoʼlidan darak,
Xoʼsh nega, «pichoq»ni — ayblamoq kerak?…»

ROʼZGʼOR — «GʼOR»:

Аsosan, uylangach — boʼyinda roʼzgʼor,
Toʼldirish qiynagach — deyishadi «gʼor»,

Lekin, masalani, aslo olmang — tor,
Roʼzgʼorni butlashning — ajib gashti bor!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz