Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent—Andijon pullik yo‘lining narxi qancha bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zLiDeP matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent—Samarqand yo‘lida 150 kilometr tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘lda soatiga 150 kilometr tezlikda yurish mumkinligi belgilanmoqda. Bu maksimum tezlik hisoblanadi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Toshkent—Andijon yo‘lida esa Qamchiq dovonida 60—70 kilometr tezlik minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismida avtomobil 150 kilometr/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, yengil mashinalar uchun:

  • Toshkent—Andijon — 5 AQSh dollari atrofida;
  • Toshkent—Angren — 1,7 AQSh dollari atrofida;
  • Toshkent—Qo‘qon — 1-2 AQSh dollari atrofida.

Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq bo‘ladi:

  • Toshkent—Andijon — 20 AQSh dollari atrofida;
  • Toshkent—Samarqand — 5-6 AQSh dollari atrofida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi.

От qwert.uz