Turkiyalik taniqli aktrisa Nesrin Javedzade “Qora niyat” seriali qismlarining birida qo‘shiq kuylab, yoqimli ovozi bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar berdi.

Foto: Freepik

Aktrisaning turli mamlakatlardan bo‘lgan muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Nesrinni qo‘shiqchi sifatida ham ko‘rishni orzu qilishlarini yozib qoldirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ba’zi muxlislari esa aktrisaga o‘z albomini chiqarishni va ajoyib ovozi bilan tinglovchilarini tez-tez xursand qilib turishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nesrin Javadzade Turkiyadagi eng talabgir aktrisalardan biri, u 8 ta serial va 11 ta to‘lliq metrajli filmlarda rol ijro etgan. Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan aktrisa “Suv ​​uzra sayr”, “Dilbarning sakkiz kuni”, “Xavfli muhabbat”, “Afsonalar”, “Qo‘zichoq” va boshqa loyihalardagi rollari bilan tanilgan. Ayni paytda u “Qora niyat” serialida Shahika rolini ijro etmoqda.

Avvalroq aktyor Go‘khan Alkan va Nesrin Javadzade pandemiya tugaganidan keyin turmush qurishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

От qwert.uz