Kim Kardashyan farzandlariga ajoyib sovg‘a hozirladi. People Talk’ning yozishicha, model uyining orqa hovlisida 60 million dollarlik o‘yin bog‘i qurdirgan.

Foto: Juliano/X17online

Kim KKW Beauty butiki va Lego qasrini o‘z ichiga oladigan kichik shaharchani Lil Hidden Hills deb atagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Juliano/X17online

Foto: Juliano/X17online

Foto: Juliano/X17online

Tashrif buyuruvchilar unda 50-yillar uslubidagi West Diner yemakxonasi, oziq-ovqat, shuningdek, gul do‘koni, bankomat, kottejlar va hatto Starbucks’ning kichik versiyasini ham uchratishi mumkin.

Foto: Juliano/X17online

Foto: Juliano/X17online

Ko‘chalari bor shaharchaga uning haqiqiy megapolisdek ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan fonuslar o‘rnatilgan. Eslatib o‘tamiz, Kim Kardashyan va Kanye Uest 2021-yilning fevralida ajrashishga qaror qilgan. Juftlik mol-mulkni qanday bo‘lishishi hozircha ma’lum emas.

Foto: Juliano/X17online

Page Six’ning ma’lumotiga ko‘ra, hashamatli uy Kanyega, uy qurilgan yer esa Kimga tegishli. Er-xotin ajrashish jarayoni bilan bog‘liq detallar haqida hali izoh berganicha yo‘q, deyiladi xabarda.

От qwert.uz