Kunning o‘tishi, salomatlik va kayfiyatning qanday bo‘lishida nonushtaning roli beqiyos ekani sabab ham tongni

mazali va foydali mahsulotlar bilan qarshi olish muhim sanaladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Freepik

Dolchin qo‘shing

Nonushtaga yogurt, suli yormasi yoki shunchaki qahva va buterbrod iste’mol qilishingizdan qat’i nazar, unga biroz dolchin qo‘shing. Uni har kuni iste’mol qilish qondagi qand miqdori va hujayralarning insulinga sezuvchanligini kamaytiradi. Qolaversa, dolchinning xushbo‘y ifori stressni kamaytirib, kun davomida a’lo kayfiyatda bo‘lishga hissa qo‘shadi.

Asal yoki yong‘oq yog‘i

Bo‘tqa, sirnik yoki buterbrodga murabbo o‘rniga asal yoki yong‘oq yog‘i qo‘shib iste’mol qiling. Tarkibida shakar yo‘q bo‘lgan yong‘oq yog‘i kletchatka va oqsilga boy ekani bilan uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. Shu bilan birga salomatlik va miya faolligi uchun ham juda foydali sanaladi.

Shirin yogurtni oddiysiga almashtiring

Tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan yogurt kunni boshlash uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Oqsil uzoq vaqt to‘q tutadi, sut yog‘i, kalsiy va D vitamini esa butun organizmdagi tizimlar uchun foyda bo‘ladi. Probiotiklar ichaklar salomatligini yaxshilaydi. O‘zingiz tayyorlamaydigan bo‘lsangiz, do‘kondagi tabiiy deb yozilgan variantlarga e’tibor qarating. Ta’m kuchaytirgich va boshqa qo‘shimchalarsizidan tanlab, mazali bo‘lish uchun meva yoki asal qo‘shing.

Nonushtaga tuxum iste’mol qiling

Nonushtaga tuxum yeyish qorinni kun davomida to‘q tutish bilan birga, qish va kuzda ehtiyoj yuqori bo‘lgan D vitamini bilan ta’minlaydi, qon tomirlari va yurak faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, uni tongda iste’mol qilish, qondagi qand va xolesterin miqdorining me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Meva va sabzavotlar

Sabzavot va mevalar salomatlik uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallar, shuningdek, kletchatka hamda suvning koni sanaladi. Aynan shu sabab ham har tong nonushtani meva va sabzavotlardan tayyorlangan mazali yeguliklar bilan boshlash tavsiya qilinadi.

От qwert.uz