Quyidagi yulduzlar turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta. Ammo bu ularning baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmadi .
Madonna (61) va Axlamalik Uilyams (26)

Foto: Cosmopolitan
Ro‘yxatning ilk o‘rinlaridan Madonnaning joy olishi, shubhasiz. Juftlikning o‘rtasidagi farq 35 yoshni tashkil etadi. Madonna Uilyamsdan avval ham yoshgina Timor Steffans bilan yaqin munosabatda bo‘lgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Alla Pugachyova (71) va Maksim Galkin (44)

Foto: Cosmopolitan
Maksim Galkinga Allaning beshinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lish nasib etdi. Xonanda bundan avval o‘zidan 18 yosh kichik bo‘lgan Filipp Kirkorov bilan turmush qurgan. Shov-shuvli to‘ydan bir necha yil o‘tib, Pugachyovaning ona bo‘lgani barchani hayratda qoldirdi. Albatta, u farzandlarini surrogat ona yordamida dunyoga keltirgan.
Shakira (44) va Jerar Pike (34)

Foto: Cosmopolitan
Shakira turmush o‘rtog‘idan 10 yosh katta bo‘lishiga qaramay, bu juftlikning baxtli hayotiga ta’sir o‘tkazmaydi. Xonanda va futbolchi 10 yil avval Jahon chempionatida tanishgan. Hozirda esa ularning ikki nafar o‘g‘li bor.
Deborra-Li Ferness (65) va Xyu Jekman (52)

Foto: Cosmopolitan
Aktyor Xyu Jekman va uning rafiqasi 25 yildan buyon birga. Buni muhabbatga yosh to‘sqinlik qila olmaslikning yorqin misoli deyish mumkin. Gollivudning mashhur yulduzi rafiqasidan 13 yosh kichik. Ular turmush qurishga qaror qilganida aktyor 28, rafiqasi esa 41 yoshda edi.
Lera Kudryavseva (49) va Igor Makarov (32)

Foto: Cosmopolitan
Teleboshlovchi va xokkeychini oradagi 16 yosh ajratib turadi. Ammo juftlik umuman bunga ahamiyat bermaydi. Ular hozirda qiz farzandini tarbiya qilmoqda.
Yana Rudkovskaya (46) va Yevgeniy Plyushenko (38)

Foto: Cosmopolitan
Yevgeniy ham boshqa erkaklar singari yosh qizlar bilan uchrashishini tan olgan. Ammo barchasi dono rafiqasini uchratguncha edi. Juftlik 2008-yilda Eurovision—2008’ga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda tanishgan. Oradan bir yil o‘tib, Yevgeniy va Yana oila qurdi. 2013-yilda ularning oilasida Sasha tug‘ildi.
Nonna Grishayeva (49) va Aleksandr Nesterov (37)

Foto: Cosmopolitan
Xonandaning turmush o‘rtog‘i musiqiy karyerasini rivojlantirishda yaqindan yordam beradi. Yosh orasidagi farqi haqidagi savolga javoban Grishayeva shunday deydi: “U bilan o‘zimni mutlaqo himoyalangandek his qilaman! Sasha mening otamga juda o‘xshaydi”.