Filmlar tomoshadan so‘ng yaxshi yoki yomon guruhga osongina ajratiladi. Ammo uning ortidagi yuzlab insonlar mashaqqati esa hamisha sir bo‘lib qolaveradi. Shuningdek, ijodiy jarayonlarda yuz beradigan eng qiziqarli voqealar ham .

Foto: “Yandeks Dzen”
Film rejissori Ramesh Sippi dastlab Zita va Gita rolini aktrisa Nutan ijro etishini xohlagan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Ammo unga yoshi katta aktrisani tanlamaslikni tavsiya qilishgan. Chunki Nutan allaqachon farzandli bo‘lgan edi. Bundan tashqari, ikki qahramon Dharmendra va Sanjiv Kumar ham 35-37 yoshlar atrofida bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
So‘ngra rejissor “Ram va Sham” filmida bosh rolni ijro etgan Mumtozga murojaat qilgan, ammo aktrisa taklifni rad etgan, u film uchun belgilangan gonorarni kam deb hisoblagan. Mazkur rol aktrisa Asha Parexga ham taklif qilingan. Afsuski, u ham rozi bo‘lmagan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Natijada rol 24 yashar Hema Maliniga nasib etgan, u film uchun Filmfare mukofotining birinchi va yagona eng yaxshi ayol aktrisasi deb topilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Film suratga olinish jarayonida Dharmendra va Sanjiv Kumar ham hamkasbi Hemaga ko‘ngil qo‘ygan va ularning ikkisi ham aktrisaga yaxshi munosabatda bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”
Sheyla obrazini Xani Irani ijro etgan. Xani aktyor, rejissor va xonanda Farxan va Zoya Axtarning onasi. Shuningdek, taniqli shoir va yozuvchi Javed Axtarning rafiqasi.

Foto: “Yandeks Dzen”
1973-yilda telugu tilida “Ganga va Manga” sifatida film qayta tiklandi. Bir yildan so‘ng tamil tilida “Vani va Rani” nomli remeyki ishlab chiqildi.

Foto: “Yandeks Dzen”
1976-yilda Sovet Ittifoqida namoyish etilgan film tez orada xorijiy filmlar orasida yetkachi mavqega ega bo‘ldi. Film 55 millliondan ortiq inson tomosha qilgan. Rejissor film muvaffaqiyatidan ilhomlanib, o‘zining navbatdagi “Qasos va qonun” kartinasida Dharmendra, Sanjiv Kumar va Hema Malini bilan hamkorlikda ishladi.

Foto: “Yandeks Dzen”