Avstraliyaning Jograf ko‘rfazida sakkizoyoq geolog Lans Karlsonga hujum qildi. Erkak ushbu holat tasvirlangan videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Kadr: Instagram

Karlson Avstraliyaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida oilasi bilan hordiq chiqarayotgan bo‘lgan. Erkak ko‘rfaz qirg‘og‘ida suvdan chiqqan jonzot chag‘alayni urganini payqab qolgan va buni skat deb o‘ylagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Qizi bilan qirg‘oqqa yaqinlashgan Lans bu sakkizoyoq ekanligini ko‘rgan. Karlson suv jonzoti paypaslagichlari bilan uni ura boshlaganini telefoniga suratga olgan.

“Sakkizoyoq bizga tashlandi, bu haqiqiy shok edi”, — deydi Karlson.

Keyinroq Karlson chig‘anoqlar kolleksiyasini o‘rganish uchun yana suv tomon yo‘l olgan, bu vaqt unga yana hujum uyushtirilgan, erkak qo‘liga kimdir xivich bilan urganini sezgan. Parlangan ko‘zoynagi sabab u o‘ziga kim hujum qilganini ko‘rmagan. Karlson qirg‘oqda zarba oqibatlarini ko‘zdan kechirgan — bu sakkizoyoq paypaslagichlarining izi bo‘lib chiqqan. Izlar erkakning bo‘yni, qo‘li va belining yuqori qismida qolgan.

Qirg‘oqqa chiqqan Karlson rafiqasidan jarohatlariga kola quyishini so‘ragan. U qutqaruvchi bo‘lib ishlagani sabab bu kabi holatlarda oshxona sirkasi yordam berishini bilgan, biroq kolaning kislotaligi 2,8 pH bo‘lgani sabab u sirka o‘rnini bosadi.

Karlson sakkizoyoq hujumidan so‘ng tanasi “biroz qiziganini” tan olgan va bu “havorang butilkacha”lar deb ataluvchi meduzalar (Physalia physalis) hujumining oldida hech narsa emasligini qo‘shimcha qilgan.

Instagram’da e’lon qilingan video ostiga Karlson “Jograf ko‘rfazidagi eng badjahl sakkizoyoq. Chag‘alayni quvganimdan so‘ng u qizim bilan men shafqatsizlikka loyiqmiz deb hisoblagan ko‘rinadi. Keyinroq qisqichbaqalar qabristoni orasida uning uyini topib oldim” — deya izoh qoldirgan.

Video internetda virus kabi tarqalganidan so‘ng geolog odamlar sakkizoyoqlardan qo‘rqib qolishidan xavotirga tushgan. “Bu ajoyib jonzot qandayidir kuchli hissiyotlarga ega (xuddi biz kabi!)”, — deya qo‘shimcha qilgan Karlson.

От qwert.uz