Ushbu qahramonlar noqulay poyabzallar tufayli omadsizlikka uchragani, shubhasiz. Jamoatchilik oldida noodatiy oyoq kiyimlarda namoyon bo‘lgan yulduzlar oradan uzoq vaqt o‘tib ham uning qiynoqlarini unutmagan bo‘lishi kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Grazia

Marion Kotiyyar ko‘pincha shakl va balandlik borasida ham klassikaga ahamiyat beradi. Biroq bir necha yil oldin fransuz aktrisasi tadbirlarning birida suyak shaklidagi poshnali oyoq kiyimda ko‘rinish bergan. Albatta, bu kabi oyoq kiyim bilan harakatlanish qanchalik qulay bo‘lgani haqda yulduzga savollar berilgan bo‘lishi kerak, ammo javobi noma’lumligicha qolgan.

Foto: Grazia

Britaniyalik Dafna Ginness o‘zining g‘ayrioddiy obrazlarda namoyon bo‘lishi bilan tanilgan. Tag qismi o‘ta baland bo‘lgan poyabzalda ko‘rinib turibdiki, poshnalar yo‘q. Dafnaga qoyil qolmay iloji yo‘q, u bu kabi noodatiy baland oyoq kiyimda yurishni uddalay oldi.

Foto: Grazia

Kim Kardashyan homiladorlik davrida ham baland poshnali oyoq kiyimdan voz kechmagan. Bu albatta, ko‘pchilikni xavotirga ham qo‘ygan. Chunki uning ayrim suratlarida dosh bera olmayotgan poshnalar tom ma’noda oyoqlar ostidan chiqib ketgudek ko‘ringan.

Foto: Grazia

Shuningdek, Kardashyanning yana bir noqulay oyoq kiyimda ko‘rish mumkin. U qanchalar qimmatbaho va zamonaviy bo‘lmasin, qulaylik jihatidan kiyish tavsiya etilmaydigan oyoq kiyimlar ro‘yxatida bo‘lishi mumkin.

Foto: Grazia

G‘alati oyoq kiyimlarda namoyon bo‘luvchi yulduzlar orasida Anjelina Jolini ham ko‘rish mumkin. Aktrisa “Malefisenta”ning taqdimotiga aynan shu ko‘rinishda tashrif buyurgan.

Foto: Grazia

Alisa Reynerning ham oyoq kiyimida bir qancha noqulayliklar yuz bergani sezilib turibdi. Harakat vaqtida to‘piq atrofida og‘riq, bog‘lamning surilib ketishi va egilgan tovon orqali buni ko‘rish mumkin.

Foto: Grazia

Faqatgina noodatiy oyoq kiyimlar qiyinchilik tug‘diradi, deyish noto‘g‘ri fikr. Jennifer Lourensniki singari o‘lchami mos bo‘lmagan oddiy oyoq kiyimlar ham mukammal obrazga putur yetkazadi.

Foto: Grazia

Julianna Murning oyoq kiyimi qanchalar bejirim bo‘lmasin, aktrisaning oyoqlari oldinga siljib, barmoqlar yon tomondan chiqib ketmoqda.

Foto: Grazia

Sara Jessika Parker hamisha obraz yaratishda ajralib turadi. Bu safar u sher panjasini yodga soluvchi tufli kiyishga qaror qilgan.

Foto: Grazia

Ledi Gaga ham hamisha eng g‘alati ko‘rinishda namoyon bo‘lishni yoqtiradi. Uning ushbu oyoq kiyimi Dafnanikiga juda o‘xshash bo‘lib, unda yurish imkonsizdek tuyuladi. Ammo yulduzlar buni uddasidan chiqdi.

От qwert.uz