Gollivudcha tabassum orzusi: sog‘lom tishlarga vinirlar o‘rnatsa bo‘ladimi?

Tishlar ko‘rinishi shundog‘am yaxshi bo‘lsa, nima uchun vinirlar o‘rnatish kerak? Ulardan foydalanish tishlarga putur yetkazadi, degan fikr to‘g‘rimi?

Foto: Change.lua

Doimo chiroyli va sog‘lom tabassum muvaffaqiyat, farovonlik va mavqega ishora qiladi. Vinirlar esa bunga yaqindan yordam beradi. Ammo undan foydalanish juda ko‘p savollarni ham tug‘dirishi tabiiy  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ammo tish shifokorining malakasi yetarli darajada bo‘lsa, ushbu muolaja mutlaqo xavfsizdir.

Foto: Lisa

Vinirlarni sog‘lom tishga o‘rnatish mumkinmi?

Vinirlarni o‘rnatish jarayoni juda sekin yuz beradi. Dastlab shifokor ko‘rigidan o‘tib, berilgan ko‘rsatmalarga rioya qilish zarur. Tayyorgarlik jarayonidan so‘ng eng qiziq jarayon — tishlarni yo‘nish boshlanadi. Qanday bo‘lmasin, tishlar yuzasiga ishlov beriladi, aks holda, vinirlar sifatli tarzda o‘rnatilmaydi.

Shuningdek, vinirlar har qanday holatda ham faqatgina sog‘lom tishlarga qo‘yilishi kerak. Agar sog‘liqda qandaydir muammolar paydo bo‘lsa, uning nojo‘ya ta’siridan darak beradi. Aytgancha, vinirlarni tabiiy tishlarni yo‘nmasdan joylashtirish haqida ma’lumot berilsa, demak, boshqa shifokorga murojaat qilish kerak. Sababi ushbu jarayonning asosi yo‘nish bo‘lib, usiz protezlarni kiydirib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha ma’lumotlarni oldindan o‘rganib chiqish zarur. Bundan tashqari jarayon haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun savol berishdan qo‘rqmaslik kerak.

Foto: Change.lua

Bemorlar odatda tishlarini vinirlar ostida nafas ololmasligidan behudaga xavotir oladi. Tishlar shundoq ham nafas olmaydi. Shuning uchun bu haqda ortiqcha o‘ylashning keragi yo‘q. Vinirlarni o‘rnatish tishlarni shunchaki estetik tiklash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida tadqiq qilingan va sinovlardan o‘tgan. Aslida tishlar chiriganda uning o‘rniga yangisi ham shu tarzda qo‘yiladi.

Vinirlarning chidamlilik muddati individual bo‘lib, u shifokorning kasbiy mahorati, texnikasi hamda bemorning og‘iz gigiyenasiga ham bog‘liq. Vinirlar uchun alohida parvarish lozim.

Foto: Lisa

Bundan tashqari, vinirlarni o‘rnatishda arzon yoki tejamkorlikka uchmagan ma’qul. Sababi jarayon davomida biror narsani tejash kutilmagan natijaga olib kelishi mumkin. Shuningdek, vinir o‘rnatish bo‘yicha e’lon qilingan chegirmalarga ham uchmaslik tavsiya etiladi.

Shuni yodda tutish kerakki, bugungi kunda go‘zallik me’yori tabiiylik bilan uzviy bog‘liq. Ushbu jarayon tishlarning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilaydi va chiroyli tabassumga hissa qo‘shadi.