Ijtimoiy tarmoqlarda ulkan echkemar Tailanddagi supermarketning peshtaxtalariga chiqib olgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. U barcha mahsulotlarni tushirib yuborib, xaridorlarning qo‘rquviga sababchi bo‘lgan, deb yozadi Esquire.

Foto: Facebook / Jejene Narumpa

Kaltakesak eng tepadagi peshtaxtaga chiqib olib, dam olishga yotgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Twitter’dagi foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, echkemarlar Bangkok ko‘chalari bo‘ylab bemalol sayr qilishlari mumkin, jonzot mahalliy aholining joniga shu qadar tegib ketganki, taychada “echkemar” so‘zini haqorat sifatida ishlatsa bo‘ladi.

Internet foydalanuvchilari ulkan kaltakesakni darrov haqiqiy mini-Godzillaga qiyoslashni boshladi.

“Godzilla haqida bir nechta katta film chiqdi va endi bu ahmoqlar o‘zini ulkan deb hisoblamoqda”

Ayrimlar esa kaltakesakka bu kabi jiddiy e’tibor rostan ham kerak yoki kerakmasligiga qiziqqan, balki ular kamtardir.

“Tinch qo‘yinglar, u shunchaki shopingda”

“Nimaga hech kim yordam bermayapti? Ushbu mijozga peshtaxtalar borasida aniq yordam kerak… Jamiyat chirib ketdi…”

От qwert.uz