Mayk Tayson 2021-yilda Evander Holifild va Lennoks Lyuis bilan jang qilmoqchi

Super og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson sobiq bokschilar Evander Holifild va Lennoks Lyuisga qarshi jang qilmoqchi ekanini aytdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

Shu yili Holifild va Lennoks Lyuisga qarshi jang qilishni istayman. Ularning ikkisi bilan ham 2021-yilda to‘qnash kelishni xohlayman. O‘ylashimcha, bu ikki jangni ham qo‘lga kiritaman. Yo‘qsa, Tayson Fyuri bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazaman. Garchi ikki jangga ega chiqsam ham, bu ishni qilmoqchiman.

Shundan keyin hammasi tugaganini aytib, o‘z hayotimni davom ettirishim mumkin. Bular — ko‘rgazmali jang. Men o‘zimning barcha rekordlarimni ko‘rgazmali janglar orqali yangilamoqchiman.

Mayk Tayson, sobiq bokschi

Avvalroq Tayson 29-may kuni Holifildga qarshi jang qilishini ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 58 yoshli Holifild 2020-yilda faoliyatini tiklashini ma’lum qilgandi. Mayk 2020-yilning noyabr oyida Roy Jonsga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tayson va Holifild ikki bor, 1996 va 1997-yillarda o‘zaro jang qilgan. Ilk jangda Holifild nokaut evaziga g‘alaba qozongan, ikkinchi to‘qnashuvda esa Mayk raqibining qulog‘ini tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingandi.

Mayk Lyuis bilan 2002-yilda to‘qnash kelgan va 12 raundlik bellashuvning 8-raundida nokautga uchragandi.