Kasper kemada Kaspiy dengizidan kasal koʼrgani keldi.

Аndrian Аdriatika dengizida adashganini angladi.

Bolta baribir baliq baxonasida Boltiq boʼyida boʼldi.

Qosh qorayganda Qoravoy Qora dengiz qirgʼogʼiga qoʼrqib qaradi.

Qizlar qarshiliklarga qaramay, Qizil dengizga qiziqib qarashdi.

Oʼrol Orol dengizi orqali azaliy orzusiga erishdi.

Oʼrta yer dengizining oʼrtasidan oʼzimiz oʼtdik.

Bering dengizida berkinganlarni baribir bilib boʼlishdi.

Аzamat azonda Аzov dengizida arzimagan aralashuvdan asossiz arazladi.

Vali Bali dengizida Аlini xol-axvolini bildi.

Oq ayiq Oq dengizda oqarib oqardi.

Yapon dengizi yaqinida yaponlarning yap-yangi yaxtasi yastandi.

Sara Sariq dengiz sarguzashtlari sabali, sayoxatni sevardi.

Ikrom ilgari Ikar dengizidan ichkariga ikra keltirganiga, izzat-ikrom ichida edi.

Karib dengizidagi Kargo kemasi kapitani qariyb qarib qolgandi.

Durimar baribir Marmar dengizi markazida tor-mor boʼldi.

Shamilь Shimoliy dengizda — esiz, shamollab qoldi.

Taisiyaning Tasmaniya dengizi toʼgʼrisidagi cheksiz tasavvurlari tiniqlashdi.

Pochcha bechora Pechora dengizida nachora ovora boʼldi.

Egamberdi Egey dengizidagi ilgari ilgʼorligini egalladi.

Chukotka dengizining chuqurliklarida choʼkindilar choʼkishi chuqurlashdi.

Filantrop Filip Filippin dengizi boʼylab Filippinga bordi.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz