Farzandlarining erta ota-ona bo‘lgani hisobiga nabirali bo‘lish baxtini boshqalardan avvalroq his etishga muvaffaq bo‘lgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Alla Pugachyova

Foto: Cosmopolitan

Alla ilk marta 42 yoshida buvi bo‘lgan. Uning to‘ng‘ich nabirasi Nikita 1991-yil 21-mayda tug‘ilgan. Uning yana ikki: Deni va Klavdiya ismli nabiralari ham bor.

Sofiya Rotaru

Foto: Cosmopolitan

Birinchi nabirasi Anatoliy dunyoga kelganida xonanda 46 yoshda bo‘lgan. Hozirgi kunda modellik bilan shug‘ullanadigan nabirasi esa 2001-yilda dunyoga kelgan.

Nargiz Zokirova

Foto: Cosmopolitan

Qo‘shiqchi 44 yoshida buvi bo‘lgan. Qizi Sabina dunyoga keltirgan farzandga Noy deb ism qo‘yilgan.

Vupi Goldberg

Foto: Cosmopolitan

Mashhur teleboshlovchi Aleksandrani 18 yoshida dunyoga keltirgan. Qizi esa 16 yoshida ona bo‘lgan. Bu vaqtda Vupi 34 yosh bo‘lgan.

Jim Kerri

Foto: Cosmopolitan

Qizi o‘g‘illi bo‘lganida aktyor 48 yoshda bo‘lgan.

Pirs Brosnan

Foto: Cosmopolitan

Aktyor birinchi marta 45 yoshida buva bo‘lgan. 1998-yilda qizi Sharlotta o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan.

Mik Jagger

Foto: Cosmopolitan

Rolling Stones a’zosi 48 yoshida nabirali bo‘lgan, uning 22 yashar qizi Jeyd dunyoga keltirgan chaqaloqqa Lola deb ism qo‘yilgan.

Charli Shin

Foto: Cosmopolitan

2013-yilda 47 yashar Charli birinchi marta nabirali bo‘lgan. Qizi Luna dunyoga keltirgan qizga Kassandra deb ism qo‘yilgan.

От qwert.uz