BIZ QOChAYOTIBMIZ:

-«Biz nimaga yotibmiz?»
-«Yoʼq, biz qochayotibmiz!»

-«Turib ketsakchi, birdan?
Аxir, qoʼrqamiz kimdan?»

-«Turib ketsang oʼrningdan,
Sim oʼtadi burningdan,

Koʼzingni ochgan kuying,
Xayvonot bogʼi uying!…»

NIMА OʼQIYAPSАN:

-«Oʼqiyapsan — nimani?»
-«Gaping buncha bemaʼni?»

-«Gazeta bor qoʼlingda,
Bizga oʼqib berginda!»,

-«Аytayin gapning rostin,
Bu axir — banan poʼsti!…»

BАLIQ SUVDА XАM CHANQAR…:

-«Suv shimirding namuncha,
Qaqrab ketdingmi buncha?.

Turibsan suvda oʼzing,
Nega toʼymaydi koʼzing?»

-«Baliqlar suvda, ammo,
Suvni qilar — muammo!…»

XАYOT BESHАFQАT:

-«Xuddi birov seni taʼqib qilgani kabi,
Xadiksirab yashashingni bormi sababi?».

-«Xayot shunday beshafqatki, xatto goxida,
Dushman yurar tomirida, bizlar shoxida!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz