Avstraliyaning Sidney shahrida qiymati bir million dollar turuvchi mamlakatdagi eng katta brilliant o‘rnatilgan uzuk auksionga qo‘yildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: 9news

Brilliant og‘irligi 25 qirotni tashkil etadi, original holida ushbu olmos 50 qirotga yaqin bo‘lgan. U Kanadadan topilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uzuk o‘zining kimligi sir qolishini istagan migrantga tegishli bo‘lib, qimmatbaho taqinchoqning yon tomonlari mayda toshchalar bilan bezatilgan.

Ta’kidlanishicha, uzukka hozirning o‘zida bir necha erkak qiziqish bildirgan.

Avvalroq hindistonlik zargar tomonidan yasalgan 7801 ta brilliantli uzuk Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan edi. Zargar ushbu uzukni yasashga deyarli bir yil vaqt sarflagan.

От qwert.uz