Avstraliyada Konsi Marshall va Leyla Mog ismli egizak opa-singillar o‘zlarining 102 yoshga to‘lganini nishonladi. Qariyalar uzoq umr ko‘rish borasidagi sirlarini Daily Mail nashriga oshkor qilgan.

Foto: Facebook / @TwinsResearchAustralia
Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, ular alkogoldan, xususan, viski va oq vinodan to‘liq voz kechgan. Shuningdek, har kuni suv ichishadi. “Yoshimiz 82 yoki 84 da”, — deya hazillashadi keksalar — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, Marshall va Mog hozirda o‘zlari 1919-yilda dunyoga kelgan Berri shahridagi qariyalar uyida yashab keladi.

Foto: Facebook / @TwinsResearchAustralia
Egizaklar 102 yoshga to‘lganini ulkan pushti tort va gullar bilan yaqinlari davrasida nishonladi. Tug‘ilgan kun egalari bir xil rangdagi kiyimda bo‘lgan.

Foto: Facebook / @TwinsResearchAustralia
Ma’lum qilinishicha, opa-singillar umri davomida bir-biridan umuman uzoqlashmagan. Ularning otasi esa 104 yoshgacha umr ko‘rgan.
Avvalroq ekvadorlik er-xotin dunyodagi eng keksa juftlik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.