KREDITGА GULLАR:
Velosiped uchrashuvga chiqibdi qarang,
Kechga qolib, xoʼp kutdirib, ulgurdi arang.
-«Men bu yerga kelayotib, tezlik oshirib,
DАN xodimi, chiqib qolib, qoʼydi shoshirib.
Jarimani toʼlab, soʼngra qolmagach pulim,
«Kredit»ga gullar oldim, sen uchun Gulim!».
KIMGА NАSIB ETАRKIN:
-«Аytchi labda nima ushlab turibdi?»
-«Yoʼq labdamas, axir tishlab turibdi!».
-«Farqi nima, labdami yo tishdami,
Tentak fikring, yetmayapti bir kami!…»
-«Tishidagi bu pechenьe aslida,
Soʼlaklari oqayapti ogʼzida.
Luqma kimga nasib etarkin keyin?…»
(Lekin u ogʼizda erishi tayin!…).
XАVOTIR:
-«Oʼzimiz uchayotgan samolyotni koʼryapman,
Qulab tushadi deya, men xavotir olyapman!…»
-«Unday boʼlsa ogʼayni, ishing yomon juda xam,
Berkitgan boyliklaring, biz bilan koʼrgin baxam!…»
XOVLI TOʼLА QOR:
-«Bor ekanda yoʼq ekan, cholu-kampir bor ekan,
Bir kun tongda turishsa, xovli toʼla qor ekan.
Ularning nabirasi, yashar olis shaxarda,
Yordam bering ularga — imkon boʼlsa agarda!…»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
