АSL YUZING:

-«Qani topchi, men oʼzi kimman?»
-«Аsl «yuzing» bilolmay — jimman!…»

BIR KUN KELIB:

-«Boʼlamizmi — bir umr birga?»
-«Boʼlmasamchi, ketdik — sayrga!»

-«Bir kun kelib, oʼzgarsa xolat…?»
-«Xech kim bermas, bunga kafolat!…»

TEKIN SURАT:

-«Suratga tushishni istasang — tekin,
Tezlikni oshirib — boraver sekin.

Kamera suratga oladi shunda!…»
(Jarima toʼlaysiz, lekin siz unda!…).

SАBR QIL:

-«Qoʼldan chiqardingiz — oʼljani yana,
Kechki ovqatimiz — ne boʼlar, ona?».

-«Sabr qil, bolajon, gʼazab foydasiz,
Bizlar xam yurmasmiz — xech zaxirasiz!…».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz