Alohida tadbirlar uchun millionlarni ayamaydigan, ammo kundalik obrazga ortiqcha e’tibor bermaydigan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Irina Sheyk

Qizil yo‘lakda o‘ziga xos, qomatga urg‘u beradigan liboslarni kiyishni yaxshi ko‘radigan model oddiy hayotda go‘zallikdan ko‘ra qulaylikni afzal biladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Rita Ora

Foto: Cosmopolitan
Alohida tadbirlar uchun yasanishni qotiradigan Rita kundalikda futbolka va jinsi kiyishni afzal biladi.
Xaydi Klum

Foto: Cosmopolitan
Qizil yo‘lakka didli kiyinib ko‘rk berib turadigan Xaydi odatiy kunlarda nima kiysam ekan, deb boshini qotirib o‘tirmaydi.
Kristen Bell

Foto: Cosmopolitan
Sayrga kiyish uchun kiyim tanlab o‘tirmaydigan Kristenning oqshom tadbirlaridagi obrazi kundalikdan sezilarli darajada farq qiladi.
Juliya Roberts

Foto: Cosmopolitan
Garderobida qizil yo‘lak va boshqa muhim tadbirlarga mo‘ljallangan liboslar bisyor ekaniga qaramay, Juliya
Roberts oddiy kunlarda ancha sipo va qulay kiyinadi.
Lili Kollinz

Foto: Cosmopolitan
Lili — moda olamiga aloqador hamma ham kiyinish borasidagi didli bo‘lavermasligining isboti. Uni ko‘chada shippak va xudi kiygan holda ko‘rish mumkin.
Kira Naytli

Foto: Cosmopolitan
Qizil yo‘laklarda didli obrazlari bilan boshqalardan ajralib turadigan aktrisaning ko‘ziga homiladorlik vaqti qulaylikdan boshqa hech nima ko‘rinmagan.